1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda alimentdan qarzdor ota MIB binosidan qochishga urindi

Erkakning alimentdan 30 million qarzi bo‘lgan va qidiruvga berilgan.

Namanganda alimentdan qarzdor ota MIB binosidan qochishga urindi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻbasi tomonidan qidiruvdagi shaxslar va mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

 

Jumladan, 2025 yil davomida qidiruvdagi 258 nafar qarzdorlar topilgan. Ularning 61 nafariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 146 nafariga esa maʼmuriy chora ko‘rilgan. 31 nafar qarzdorlar tomonidan 396 mln so‘m aliment pullari to‘lab berilgan. Hozirda 82 nafar shaxslar qidiruvda bo‘lib, shundan 25 nafari mahalliy qidiruvdagilardir.

 

Xususan, joriy yilning 20 yanvar kuni alimentdan 30 million so‘m qarzi bilan qidiruvda bo‘lgan ota Sh.A. nihoyat qo‘lga olindi.

 

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv shuʼbasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan qarzdor ushlandi.

 

U avval ham 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini o‘tagan, ammo bu ham unga saboq bo‘lmadi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun bo‘limga olib kelingan vaqtda esa, fuqaro Sh.A. panjara devordan oshib qochib ketishga urindi.

 

Fuqaro Sh.A.ning Qochish uzoqqa cho‘zilmadi. Qarzdor yana qo‘lga olindi va qonun oldida javob berishi muqarrar

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика