1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda xonadonlarning birida yong‘in chiqib, hujjatlar yonib ketdi

Kecha, 3 noyabr kuni soat 7:10 larda Namangan shahridagi “Bo‘ston” mahallasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Namanganda xonadonlarning birida yong‘in chiqib, hujjatlar yonib ketdi

 

Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchilik qismiga maʼlumot kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

 

Erta tongda yuz bergan yong‘in oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 90 kv. metr joyi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yonib zararlangan. Sodir bo‘lgan yong‘in 8:00larda FVB yong‘in qutqaruvchilari tomonidan o‘chirilgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida uyning 250 kv. metr joyi saqlab qolingan.

 

Namangan viloyati FVB fuqarolardan kuz-qish mavsumida yashash xonadonlarini isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, elektr isitish asboblarini nazoratsiz qoldirmaslik; yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlardan ehtiyot bo‘lish, yong‘in xafvsizligi qoidalariga rioya qilishni so‘raydi.

 

 

Avvalroq Namanganda masjid qurilishi paytida qo‘shni uy darvozaxonasining tom qismi qulab tushgani, ikki uyning tomi yonib ketgani hamda NamDUga qarashli talabalar yotoqxonasida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.  Shuningdek, Namanganda tabiiy ofatlar bartaraf etilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика