1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namangandagi ariqda qonli suv oqmoqda

Holat yuzasidan FVB ma’lumot berdi.

Namangandagi ariqda qonli suv oqmoqda

 

 

Ijtimoiy tarmoqda Namangan shahridagi maktab va mahalla arig‘ida qonli suv oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

O‘rganish davomida Yangi Namangan tumani “Ishonch” MFY “Gʻazina” ko‘chasida joylashgan kushxonadan chiqqan suv kanalizatsiya tarmog‘idan toshib, ko‘chadagi ariqqa quyilayotgani aniqlangan. Uni bartaraf etish yuzasidan IIB hamda FVB xodimlari tomonidan ishlar tashkillashtirilgan.

 

“Murojaat yuzasidan yuqoridagi holat to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика