NASA AQSHning “Artemis” dasturi doirasida 2025-yilda astronavtlar qo‘nishi uchun Oyning janubiy qutbida 13 ta hudud ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, har bir tanlangan hudud taxminan 15x15 km maydonga ega. Ular Oyning janubiy qutbidan olti daraja kenglikda joylashgan va turli geologik xususiyatlarga ega.
Qo‘nish joylarini tanlash uchun NASA olimlari va muhandislari guruhi Janubiy qutb haqidagi ma’lumotlarni va o‘nlab yillar davomida to‘plangan ilmiy nashrlarni tahlil qildi. Shuningdek, joylarni tanlashda xavfsiz qo'nish uchun zarur bo'lgan mezonlar hisobga olindi.


