1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiy davlat universiteti xodimi pora bilan ushlandi

Mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Navoiy davlat universiteti xodimi pora bilan ushlandi

 

Korruptsiyaga qarshi kurash doirasida Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi 189 mln so‘m miqdoridagi xizmat haqqini cheklangan mas’uliyatli jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga 35 mln so‘m pora olgan vaqtida ushlandi. Hodisa Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida aniqlangan.

 

Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Termov harakatlari davom etmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu mansabdor shaxs ilgari ham sudlangan bo‘lsa-da, xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика