1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiy viloyatida ikkita yangi kon ochildi

Konlar 40 mln tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega.

Navoiy viloyatida ikkita yangi kon ochildi

 

7-aprel kuni Tomdi tumani hududidagi “Muruntov” koni tarkibida “Balpantog‘” va “Tomdibuloq” konlarining ochilish marosimi va bu yerda birinchi portlatish ishlari amalga oshirildi. 

 

Yangi konlarning oltin tarkibli ma’dan zaxiralari kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodiga 33 kilometrlik temir yo‘llari orqali tashiladi. Ta’kidlanishicha, konlar 40 million tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega.

 

Konlardan qariyb 15 yil mobaynida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi. Bu ishlarni bajarish uchun konga 7 ta gidravlik ekskavator, 5 ta burg‘ilash qurilmasi, 23 ta avtoag‘dargich, 2 ta teplovoz va boshqa ko‘plab kon texnikalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda bitta zamonaviy gidravlik ekskavatori, 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 ta avtoag‘dargich keltirildi. 


7-apreldan kon yuzasini ochish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida u yerda 653 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика