1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda radiaktiv modda sotuvchi shaxslar qo‘lga olindi

Ular o‘z “mahsulotlari”ni 50 ming dollardan pullab kelishgan.

Navoiyda radiaktiv modda sotuvchi shaxslar qo‘lga olindi

 

4-mart kuni viloyat IIB boshlig‘i nomiga Navbahor tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan “Qizil simob” va “Radiy” moddalarining 50 ming dollardan sotilayotgani bo‘yicha ariza kelib tushgan.

 

Arizaga binoan tegishli tashkilotlar tomonidan 5-mart kuni tumanning “Qalqonota” MFY hududida tezkor  tadbir o‘tkazilgan. Shartli ravishda xaridor sifatida jalb etilgan fuqaro gumonlanuvchilarga 50 ming dollar miqdorida pullarni berib, ulardan “Radiy Ra 226 02 5” yozuvli 1 dona shisha ichiga joylashtirilgan 250 gramm radioaktiv moddani olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 252-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика