1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Nonushtaning yana-da mazali va sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya

Sog‘lom va to‘yimli nonushta – kunni yaxshi boshlashning eng ajoyib usuli. Bu energiya hamda  metabolizmni yaxshilashga, yurak-qon tomir salomatligini saqlashga va hatto qondagi qand miqdorini barqarorlashtirishga yordam beradi. Nonushtani yana-da sog‘lom va mazali qilishga yordam beradigan baʼzi maslahatlar bilan quyida tanishib chiqish mumkin.

Nonushtaning yana-da mazali va sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya

 

 

Smuzi va biroz qahva

 

 

Sabzavot yoki mevali smuzi nonushta uchun yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi. Sabzavot, meva, rezavorlarni har kuni isteʼmol qilish foydali va smuzi esa ularni yodga soluvchi ajoyib usul hisoblanadi. Va agar smuziga ozgina qahva, bir osh qoshiq moy va biroz dolchin qo‘shilsa, juda sog‘lom va tetiklantiruvchi nonushta tayyor bo‘ladi.

 

Dolchin

 

 

Yogurt, jo‘xori uni va hatto qahvaga ham biroz dolchin qo‘shish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dolchinni muntazam isteʼmol qilish qondagi qand miqdorini va hatto insulin qarshiligini kamaytirishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, diabet kasalligi bo‘lganlar uchun juda muhimdir.

 

Shakarsiz yogurt

 

 

Yuqori oqsilli yogurt – mukammal nonushta variantidir. Agar yogurt shakarsiz bo‘lsa. Bordi-yu, shakarsiz yogurt juda nordon tuyulsa, unga yangi rezavorlarni qo‘shish mumkin. Bu salomatlik uchun foydalidir.

 

Tuxum

 

 

Mutaxassislarning aytishicha, tuxum kletchatkaga boy bo‘lib, muvozanatli dietaning muhim qismi hisoblanadi. Nonushta uchun eng yaxshi variant – piyoz va pomidor bilan qovurilgan tuxum, shuningdek, biroz pishloq. Bundan tashqari, tuxum – parhezbop oziq-ovqat bo‘lib, u uzoq vaqt to‘yinganlik hissini beradi.

 

“Zaxira” nonushta tayyorlab qo‘ying

 

 

Ko‘pchilik nonushta qilmay ishga otlanadi, chunki vaqt yoki uni pishirishga xohish bo‘lmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun yarimtayyor mahsulotlarni oldindan muzlatib qo‘yish tavsiya etiladi, ularni ertalab mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kifoya.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика