1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

TIV bu bo‘yicha maʼlumotlarni ochiqladi.

Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

 

2022-yil 25-26 - iyul kunlari Toshkent shahrida 20 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar berdi.

 

 

Tadbirning asosiy maqsadi Afg‘onistonda barqarorlik, xavfsizlik, urushdan keyingi tiklanishga ko‘maklashish, ko‘p millatli afg‘on xalqi va butun dunyo manfaatlari yo‘lida ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalashuvi masalalari bo‘yicha jahon hamjamiyatining yondashuvlariga doir kompleks chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat ekanligi aytilgan.

 

Mazkur anjuman 2018-yil 27-mart kuni o‘tkazilgan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi hamda 2021-yil 15-16 – iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasining mantiqiy davomi bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика