Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor A.O.dan “Asakabank” ATB foydasiga 211,9 mln. so‘m undirish, undiruvni BYD Song Plus rusumli elektromobilga qaratish belgilangan.
Ushbu sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini taʼminlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini taʼminlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, kreditga olingan avtomashina bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olinib, joriy yilning 18 yanvar kuni elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarib yuborilgan.


