Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 7 iyul kungi ijro hujjatiga asosan javobgar "UY-JAY QURILIS CO" MCHJdan daʼvogar Toshkent shahrida faoliyat yuritadigan "Muhandis Montaj" MCHJ foydasiga jami 661,8 mln. so‘m undirish belgilangan.
Daʼvogar "Muhandis Montaj" MCHJ ushbu ijro hujjatini qonunchilikka ko‘ra dastlab qarzdorga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirgan bo‘lsada, ijro hujjati ijrosi taʼminlanmagan.
Shunda u ijro hujjati ijrosini taʼminlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga murojaat qilgan va bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor "UY-JAY QURILIS CO" MCHJning bank hisob raqamlari xatlovga olinib, unga elektron inkasso qo‘yilgan, shuningdek qarzdorga tegishli COBALT rusumli avtotransport vositasiga taqiq o‘rnatilgan.
Buning natijasida, 661,8 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari to‘lig‘i bilan undirilib, undiruvchi "Muhandis Montaj" MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib berilib, sud qarori ijrosi amalda taʼminlangan.


