1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Nyu-Yorkda Ziroat Mirziyoyeva JSST Bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi raisligida Nyu-Yorkda bolalar saratoniga qarshi global forum bo‘lib o‘tdi.

Nyu-Yorkda Ziroat Mirziyoyeva JSST Bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva raisligida “Saratonga va boshqa xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish hamda azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat” mavzusida yuksak darajadagi forum bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur tadbir BMT Bosh Assambleyasi doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va “St. Jude” bolalar tadqiqot shifoxonasi hamkorligida o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon miqyosida sog‘liqni saqlashning dolzarb masalasiga bag‘ishlangan forum bo‘lib, ko‘plab davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar e’tiborini tortmoqda.

 

Tadbirda dunyoning turli mintaqalaridan birinchi xonimlar – Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vyetnam, Gvatemala, Serbiya prezidentlari rafiqalari hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi. Ziroat Mirziyoyeva jahon hamjamiyatini saraton kasalligiga chalingan bolalarning hayot sifatini yaxshilash yo‘lida yanada faol choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Shuningdek, Ziroat Mirziyoyeva JSST Bosh direktori doktor Tedros Adxan Gebreyesus bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning bolalarni saratonga qarshi dori vositalari bilan ta’minlashga oid global tashabbusni qo‘llab-quvvatlayotgani alohida qayd etildi. Tomonlar bolalar saratonini erta aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, bolalar va ularning oilalariga reabilitatsiya hamda psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga kelishib oldilar.

 

JSST rahbari O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslari va “Zamin” fondining muhim ijtimoiy hamda ekologik loyihalarini yuksak baholadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика