1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston va Albaniya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

Nyu-Yorkda Shavkat Mirziyoyev va Bayram Begay uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Albaniya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

BMT Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Bega y bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqotda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Bu borada siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlikning yangi mexanizmlarini joriy etish muhimligi qayd etildi.

 

Savdo va investitsiya sohalaridagi salohiyatni ro‘yobga chiqarish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика