1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti qo‘lga olindi

U muqaddam bir necha marotaba sudlangan.

Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqida DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsultiEyvalekMFYda joylashgan va hokimlik balansida bo‘lgan xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Taʼkidlanishicha, bosh yuriskonsult muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “V” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика