1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda ota birdan 6200 dollar aliment to‘ladi

Shu tariqa qarzdorga qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilingan.

Andijonda ota birdan 6200 dollar aliment to‘ladi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ota 6200 AQSH dollari miqdorida aliment to‘ladi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor M.Yu.dan undiruvchi S.A. foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminotini taʼminlash maqsadida har oyda oladigan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan.

 

Ijroni taʼminlash maqsadida qarzdor M.Yu.ning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari tegishli qonun talablariga ko‘ra cheklab qo‘yilgan.

 

Shu tufayli, xorijga chiqish istagida yurgan qarzdor ota farzandi taʼminoti uchun aliment pullarini oldindan to‘lab berishini bildirgan.

 

Ijro harakatlari davomida, taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilib, qarzdor M.Yu. undiruvchi. S.A. foydasiga 6 200 AQSH dollari, yaʼni 74 million so‘m miqdorida aliment pulini oldindan to‘lab berdi hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov choralari bekor qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика