1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Olimlar uzoq umr ko‘rishda qanday taomlanish zarurligi sirini ochdi

Mutaxassislarning fikricha, uzoq umr ko‘rish ko‘p jihatdan bizning yashash tarzimiz, yaʼni o‘zimizni nazorat qilishimiz, ovqatlanish, uyqu va jismoniy faollik kabi omillarga ham  bog‘liq ekan.

Olimlar uzoq umr ko‘rishda qanday taomlanish zarurligi sirini ochdi

 

Yevropa Ittifoqi universitetlari olimlari o‘zaro hamkorlikda umrni uzaytiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Ular tadqiqot natijasida organizmni yoshartiruvchi va umrni uzaytirishga yordam beruvchi mahsulotlar ro‘yxatini tuzdi. Unga ko‘ra, «uzoq umr ko‘rish taomnoma»sidan quyidagi mahsulotlar o‘rin olgan:

 

Suli yormasi

 

 

Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa nafaqat nonushtabop, balki salomatlik uchun ham foydali sanaladi. U, ayniqsa, yurak zaifligi, kamqonlik, ortiqcha vazn, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklarining oldini olishda yordam beradi.

 

 Qaynatilgan tuxum

 

 

Tuxum jismoniy faollikni, aqliy quvvatni oshiradi, xotirani mustahkamlaydi. Lekin allergiyasi bor bemorlarga qaynatilgan tuxumni haftada ikki martadan ortiq yeyish tavsiya etilmaydi.  Qovurilgani esa semirtirish xususiyatiga ega.

 

                                                 Sut mahsulotlari

 

 

Organizmni kalsiy bilan taʼminlab, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi.

 

Brokkoli karami

 

 

 

Brokkoli va boshqa xochgulli sabzavotlar tarkibida sog‘lom hujayralarni  himoya qilishga yordam beruvchi sulforafan va boshqa antioksidantlar mavjud.Ularni, ayniqsa, xom holda isteʼmol qilish foydali.

 

Rezavor mevalar

 

 

Rezavor mevalar ham organizmni himoya qiluvchi antioksidantlarga juda boy. Ular tarkibidagi antotsianlar miya va mushak to‘qimalarining to‘liq faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi.

 

  Qora shokolad

 

 

Qoramtir shokolad tarkibida antioksidantlik xususiyatiga ega, tromblarni  oldini olishga yordam beruvchi, yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi flavonoid moddalari mavjud.

 

 Pomidor

 

 

Pomidor eng kuchli karotinoid — inson qonida uchraydigan antioksidant hisoblanuvchi likopinning ajoyib manbasi sanaladi. U inson orgnizmini prostata, o‘pka va meʼda saratonidan himoya qilishda yordam beradi.

 

Ushbu mahsulotlar polifenol(mikroelementlar)ga boy bo‘lib, shikastlangan to‘qimlarni tiklaydi va ular hayotini uzaytiradi. Shuningdek, mutaxassislar baliq, go‘sht va sut mahsulotlari organizmni kerakli kaloriya, yog‘ va minerallar bilan taʼminlashi, mevalar to‘qimalarni asrashi hamda ular umrini uzaytirish  xususiyatiga egaligini taʼkidlagan.

 

 

Ozoda Choriyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика