1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchilar Rossiyaning “qora ro‘yxati”ga tushib qolmoqda

Migratsiya agentligi bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchilar Rossiyaning “qora ro‘yxati”ga tushib qolmoqda

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar Rossiya ichki ishlar organlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolayotganidan ogohlantirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2025 yil holatiga ko‘ra, Rossiyadagi xalqaro avtoyuk tashishlarning 25 foizga yaqini o‘zbekistonlik haydovchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Biroq migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ko‘plab fuqarolar Rossiya ichki ishlar organlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolmoqda.

 

Migratsiya agentligi har bir yuk avtomobili haydovchisi bir nechta qoidalarga qatʼiy rioya qilishi shartligini bildirdi.

 

Unga ko‘ra, chegaradan o‘tish vaqtida migratsion kartani aniq va to‘g‘ri to‘ldirish (maqsad grafasida — “turizm” emas, “slujebnaya” yoki “tranzit”ni ko‘rsatish) kerak. Rossiyaga kirgandan so‘ng 15 ish kuni mobaynida migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilishi lozim.

 

90/365 muddatini doimiy ravishda nazorat qilish, transport vositasi buzilishi yoki boshqa fors-major holat yuz bersa — albatta rasmiy akt yoki dalolatnoma olish shart.

 

“Har bir harakat — faqat rasmiy hujjat bilan asoslangan bo‘lishi kerak. Takroriy huquqbuzarliklar 3–10 yil muddatga Rossiyaga kirish taqiqini keltirib chiqaradi”, deyiladi agentlik xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика