Kecha, 19 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi
Qayd etilishicha, voqea soat 09:40 larda Qumqo‘rg‘on tumani “Azlarsoy” MFY xududidan o‘tgan yo‘lda ro‘y bergan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi bo‘shqaruvidagi “Cobalt” avtomashinasi bilan harakatlanib kelib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketishi natijasida 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Nexia 2” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida “Nexia 2” rusumli avtomobilida yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1963 yilda tug‘ilgan erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchisi, 1959 yilda tug‘ilgan ayol tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


