1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida “sevgi uchun” mashina o‘g‘irlagan erkak 12 yilga qamaldi

Qamoqdan qochgan erkak va ayol bilan birga yashash uchun mashina o‘g‘irlagan.

Toshkent viloyatida “sevgi uchun” mashina o‘g‘irlagan erkak 12 yilga qamaldi

Chirchiq shahrida ilgari bir necha bor sudlangan erkak yana og‘ir jinoyat sodir etgani uchun 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 33 yoshli shaxs Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) va 267-moddasi (“Transport vositasini o‘g‘irlash”) bo‘yicha aybdor deb topilgan.

 

Tergovda aniqlanishicha, erkak jinoyat sodir etgan paytda Manzil qamoq koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan. Qamoqxona ma’muriyati topshirig‘iga ko‘ra, u vaqtincha muassasadan tashqarida ishlashga yuborilgan. Shu yerda u boshqa mahbus ayol bilan tanishgan va ular o‘zaro yaqin munosabat o‘rnatgan. Keyinchalik juftlik qochishga qaror qilgan.

 

Ozodlikka chiqqach, ular yashash joyi topa olmagan va moddiy qiyinchilik sabab yana jinoyat yo‘liga qaytgan. Ayblanuvchi Chirchiqda yo‘l chetida nosozlik sabab to‘xtab qolgan avtomobilni ko‘rib, egasiga “yordam berish” bahonasida mashinani o‘g‘irlab ketgan. Transport vositasidan qimmatbaho buyumlarni olib, avtomobilni yaqin atrofdagi maktab yonida tashlab ketgan.

 

Sud erkakning ilgari olti marta sudlanganini, u takroran va o‘ta xavfli jinoyat sodir etganini inobatga olib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика