Toshkentda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning tashrifi oldidan O‘zbekiston – Ozarbayjon biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ikkala tomondan 100 dan ortiq vakillar ishtirok etishdi.
Forum yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 500 mln dollardan ortiq qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. Xususan, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida amaliy hamkorlik to‘g‘risida 10 ta kelishuvga erishildi.
Uchrashuv “B2B” va “G2B” tarzida panel munozaralariga bag‘ishlandi. Unda o‘zbek va ozarbayjon biznes vakillari aniq loyiha takliflari asosida biznes hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.


