1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekiston turizmi tarixiy rekordlarni yangilamoqda

Joriy yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga koʻp.

O'zbekiston turizmi tarixiy rekordlarni yangilamoqda

Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord koʻrsatkichlarni namoyish etdi. 2025 yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda. Bu haqida Turizm qo'mitasi xabar berdi.

 

Qayd etilishcha, joriy yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga koʻp.

 

Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida – 2025-yilda post-pandemik 2022-yilga nisbatan turistlar oqimining oʻsishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi. Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajada — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.

 

“Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng koʻlamli road-showlar, xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar Oʻzbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi”, deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика