1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 9 oyda 50 mingdan ortiq oila ajrashish uchun sudga murojaat qilgan

Bundan tashqari 1,1 mln dan ortiq sud buyrug‘i chiqarilib, 8,2 trln so‘mlik majburiy to‘lovlar undirilgan.

O‘zbekistonda 9 oyda 50 mingdan ortiq oila ajrashish uchun sudga murojaat qilgan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etdi. Mazkur davr mobaynida mamlakatda 50 mingdan ortiq er-xotin ajrashish to‘g‘risida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan.

 

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi to‘qqiz oyda sudlar tomonidan jami 472 mingdan ortiq fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan. Ularning 365 mingdan ortig‘i bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan, 56 mingdan ortig‘i rad etilgan, qolganlari esa turli sabablarga ko‘ra ko‘rmasdan qoldirilgan yoki tugatilgan.

 

Ko‘rib chiqilgan ishlar tarkibida 52 507 tasi nikohdan ajratish, 19 493 tasi uy-joy, 14 595 tasi alohida toifadagi, 9 116 tasi noqonuniy qurilishlar va 2 835 tasi otalikni belgilash bilan bog‘liq masalalarni tashkil etgan.

 

Nikohdan ajratish ishlari tahliliga ko‘ra, 27 578 ta nikoh sud qarori bilan bekor qilingan, 18 430 tasi bo‘yicha esa da’vo talablar qanoatlantirilmagan. Shu bilan birga, 4 658 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 841 ta ish bo‘yicha yuritish tugatilgan.

 

Bundan tashqari, 9 oy davomida 1,1 milliondan ortiq sud buyrug‘i chiqarilib, jami 8,2 trillion so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar – aliment, ish haqi, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar undirilgan.

 

Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida esa 20 mingdan ortiq ish qayta ko‘rib chiqilgan, ularning ayrimlari bo‘yicha quyi sud qarorlari bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика