1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda qurilish loyihasi bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Muzrabot tumanida arxitektor va bo‘lim boshlig‘i fuqaroning ishonchiga kirib, loyiha hujjatlarini “muammosiz” tasdiqlatish uchun 17 mln so‘m pora olganida ushlandi.

Surxondaryoda qurilish loyihasi bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori Muzrabot tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan holda, unga qarashli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan noturar bino loyiha hujjatlarini tegishli tashkilotlardan “muammosiz” o‘tkazib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 17 mln so‘m talab qilgan.

 

DXX va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, arxitektor 17 mln so‘mdan 1 mln so‘mini Muzrabot tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘iga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, mazkur mansabdor ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика