1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinadi

Ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi.

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinadi

“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

 

Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026 yil 15 yanvar holatiga ko‘ra 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar o‘tkaziladi.

 

Ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi.

 

Ro‘yxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 1 martgacha bo‘lgan davrda jalb etish orqali o‘tkaziladi.

 

Bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda masʼul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishini taʼminlaydi.

 

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026 yil 15 yanvardan 31 yanvargacha o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini taʼminlaydi.

 

Bundan tashqari, tuman (shahar)larda ro‘yxatga olish shtablari tashkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика