Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 160 523 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51 743 taga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 563 ming tonna;
— Ko‘mir – 2,5 mln. tonna;
— Neft – 383,4 ming tonna;
— Gaz kondensati – 655,4 ming tonna;
— Yengil avtomobillar – 160 523 dona;
— Avtobus – 483 dona;
— Yuk avtomobillari – 2 166 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 116,3 ming dona.


