1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holati ko‘paymoqda

18-iyun kuni 100 dan ortiq kishida infeksiya aniqlandi. Bu so‘nggi haftadagi keskin ko‘tarilish.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holati ko‘paymoqda

 

Kecha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshdi.  Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, 2022-yil 18-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239633 (+108) nafarni tashkil etmoqda.


Yangi kasallanish holatlari Andijon (3 nafar), Buxoro (4 nafar), Jizzax (3 nafar), Samarqand (1 nafar), Farg‘ona (1 nafar), Xorazm (1 nafar) Toshkent  (10 nafar) viloyatlarida va poytaxtda (85 nafar) qayd etilgan. Infeksiya koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.


Shuningdek, kecha kun davomida jami 56 nafar bemor kasallikdan tuzalgan. Hozirda sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.


Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin (12 iyun kuni) O‘zbekistonda  9 kishida koronovirus aniqlangandi. 14 iyundan (+39) mamlakatda kasallikka chalinish holati ko‘payishni boshlagan. Xususan, 15-iyun kuni 57 ta, 17-iyun kuni 90 ta infeksiya yuqtirish holati qayd etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика