1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yil boshidan beri 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgan

Prezident ajrimlarning oldini olish uchun nikoh shartnomasiga eʼtibor kuchaytirilishi kerakligi haqida gapirdi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgan

Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha yechim topilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar ko‘rsatib o‘tildi.

 

Masalan, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi.

 

Oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta masʼuliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика