Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 290-sonli maktab hududida 9-sinf o‘quvchisi 3-sinfda tahsil olayotgan kichik yoshli bola bilan janjallashib, unga jismoniy zarar yetkazgani haqida xabar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi bola 293-sonli maktab o‘quvchisi bo‘lib, hodisa 4-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Mojaro natijasida bolaning lab qismi yirtilib, jarohat tibbiyot muassasasida tikilgan. Shuningdek, bir nechta tishlariga ham shikast yetgani aytilmoqda.
Jabrlanuvchining yaqinlari voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolarning oldini olish hamda pedagoglar nazoratini kuchaytirish masalasi tegishli tashkilotlar diqqat markaziga olingani bildirilmoqda.


