Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan falastinlik fuqarolar va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir oila bir martalik ko‘tarma pul va birlamchi zaruriy vositalar to‘plami bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ularga mahalladagi ijtimoiy xodim biriktirilib, individual ko‘mak ko‘rsatiladi.
Falastinlik bolalar yashash manzillari bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga joylashtiriladi. Ular 2028-yil 1-yanvarigacha maktabgacha ta’limdagi ota-ona to‘lovidan ozod etiladi. Joylashtirish "Inson" markazlari talabnomasi asosida navbatsiz amalga oshiriladi.
Shuningdek, falastinlik oilalar yashash hududidagi oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonalarda ro‘yxatga olinadi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 26-dekabr kuni Gazodagi Rаfah hududidan bir guruh falastinlik oilalar O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan edi. Ular sog‘lig‘ini tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtirilgan.


