1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ichimlik suvi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya beriladi

Kam ta’minlangan oilalarga quduq qazish va suv filtri o‘rnatish xarajatlarining 90 foizi qoplanadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ichimlik suvi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya beriladi

Hukumatning 14-avgust kuni qabul qilingan 515-son qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Kam ta’minlangan oilalar reestriga kiritilgan ayrim toifadagi oilalarga ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi.

 

Subsidiya turar joyida artizan quduq qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlari xarid qilish hamda o‘rnatish xarajatlarining 90 foizini, biroq BHMning 30 baravaridan oshmagan qismini qoplashni nazarda tutadi. Ushbu xizmatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi reestriga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Yordam olish uchun oilaning voyaga yetgan a’zosi yoki qonuniy vakili “Inson” markazlariga yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilib, “YaMIH” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovi ijtimoiy xodim yoki markaz vakili tomonidan tizimga kiritiladi.

 

Tadbirkor belgilangan muddatda subsidiya oluvchining yashash joyiga borib, quduq qazishi, suv nasosi va filtri o‘rnatishi shart. Ishchi guruhning subsidiya ajratish bo‘yicha qarori esa avtomatik tarzda “YaMIH” tizimida e’lon qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика