1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zDJTU va Portsmut universiteti o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

Kecha universitetda “Taʼlim, tillar va tilshunoslikdagi dolzarb muammolar” nomli xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi

O‘zDJTU va Portsmut universiteti o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti chet tillarini o‘rganishni yana-da rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali o‘qituvchilarini tayyorlash, taʼlim sifatini yuksaltirish maqsadida nufuzli xalqaro oliy taʼlim muassalari bilan hamkorlik qilib keladi. Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti O‘zDJTUning ana shunday ishonchli hamkorlaridan biridir.

 

Kecha, 12 sentyabr kuni “Taʼlim, tillar va tilshunoslikdagi dolzarb muammolar” nomli xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Portsmut universiteti tomonidan onlayn shaklda tashkil etgan tadbirda Toshkent davlat pegagogika universiteti va Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari qatnashishdi.

 

Anjumanda Portsmut universiteti professor-o‘qituvchilaridan Saymon Edvards, Helen Ringrou, Gulshah Kutuk, Tom Fleming hamda joriy yilning iyun oyida ushbu nufuzli oliygohda malaka oshirib qaytgan O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Aziza Talibjanova, Saodat Agzamxodjayeva va Mahzuna Qodiriy hamda TDPU va JDPU professor-o‘qituvchilari o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi.

 

Anjuman doirasida xorijiy tillarni o‘qitish va tilshunoslikka oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tadbir yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalarni muhokama qilishdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi va Portsmut universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq Portsmut universitetining 100 nafar yuqori kurs talabalari va magistrantlari mamlakatimiz xorijiy tillarni o‘qitishi belgilangan. Portsmut universitetining malakali mutaxassislari Agentlik va xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalariga keng jalb etilmoqda. Oliy taʼlim muassasalarining ingliz tili o‘qituvchilari Portsumut universitetida malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика