Bugun, 18-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan JSST vakili O‘zbekistondagi besh yillik kuzatuvlari haqida gapirib, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi.
“Juda ham katta o‘zgarishlar va islohotlar guvohi bo‘ldim. Ayniqsa, bu yerda davolashdan ko‘ra ko‘proq kasallikni oldini olishga urg‘u berilishiga, vertikal boshqaruvdan bevosita gorizontal keng qamrovli yondashuvga asos solinganiga guvoh bo‘ldim.
Yigirma besh yil davomida turli mamlakatlarda vakolatim bo‘yicha ish olib bordim. Shu narsani ochiq-oydin aytishim mumkinki, Sizdek shijoatli, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, serg‘ayrat Prezidentni ko‘rmadim.
Covid pandemiyasi boshlanganidan keyin Sizning bevosita yetakchiligingiz ostida qisqa fursatda pandemiyani nazorat ostiga olishga, salbiy ta’sirini minimal darajaga tushirishga muvaffaq bo‘lindi.
O‘zbekiston buni qanday boshqarganligi, nazoratga olganligi namuna qilsa arziydigan a’lo darajadagi yechimlardir”, degan Lian Kuppеns