1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Parij NATOni tark etadimi? Fransiya TIV javob berdi

Parij AQSH bilan munosabatlarida inqiroz yuz berganini ma’lum qildi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.

Parij NATOni tark etadimi? Fransiya TIV javob berdi

 Munosabatlardagi inqiroz haqida Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian fikr bildirgan. “Keyingi oy Parijda NATOning yangi konsepsiyasi muhokama qilinadi. Albatta, so‘nggi voqealar (AUUKUS tuzilishi, Fransiyaning AQSH va Avstraliyadan elchilarini chaqirib olishi) ushbu konsepsiyaga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi”, — degan Le Drian.
 Shuningdek, Fransiya tashqi ishlar vaziri Vashington bilan munosabatlari sovuqlashganiga qaramay, Parij NATOdan chiqmasligini ma’lum qilgan.
 Ma’lumot o‘rnida: 16 sentyabr kuni AQSH Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, uch tomonlama kiberxavfsizlik, flot va boshqa sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Avstraliyaga atom suvosti kemalari beriladi. Bunga javoban Xitoyning AQSHdagi elchisi Vashingtondan sovuq urush davrini takrorlaydigan bunday fikrlardan voz kechishni talab qildi.
 Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fransiya AQSH va Avstraliyadan elchilarini chaqirib olgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика