1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Pereval"da yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Voqea bugun soat 10:45 lar atrofida sodir bo‘lgan.

"Pereval"da yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 198-kilometrida “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan YPX hamda FVVning «Qamchiq» qutqaruv guruhi xodimlari yetib kelgan. Haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, hodisa oqibatlari bartaraf qilingan.

 

Hozirda ushbu YTH yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика