1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokiston Bitcoin qazib olish uchun 2000 megavatt quvvat ajratmoqchi

Hozirda Pokistonda 15-20 mln kriptovalyuta foydalanuvchilari mavjud.

Pokiston Bitcoin qazib olish uchun 2000 megavatt quvvat ajratmoqchi

 

Pokiston, mamlakatda elektr tarmog’i muntazam o’chirilib kelishiga qaramay, elektr quvvatining taxminan 4 foiz ya’ni 2000Mvt qismini bitcoin qazib olish uchun ajratdi.

 

Ayni paytda 15 foiz quvvatda ishlayotgan Sahival, China Hub va Port Oasim kabi ko’mir yoqilg’isini ishlab chiqarish loyihalari ushbu sa’y-harakatlar uchun qayta yo’naltirilishi kutilayotgan loyihalar qayoriga kiradi. 15-20 million kriptovalyuta foydalanuvchilari borligi taxmin qilinayotgan mamlakat mahalliy ekotizimni rivojlantirish va jahon kapitalini jalb qilish uchun me’yoriy-huquqiy baza yaratishga intilmoqda.

 

Kripto kengashi blokcheyn texnalogiyasida innovatsiyalarni tezlashtirish uchun AQSH prezidenti Donald Trampning kripto loyihasi bilan birlamchi kelishuvni imzoladi.

 

Ta’kidlash joizki, pokistonda elektr tokining o’chirilishi kam uchraydi. 2025-yilning aprel-may oylarida elektr tarmog’ining o’rnatilgan quvvati 49 270 MVt bo’lishiga qaramay, mamlakat elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’lmoqda. Bunga nafaqat texnik muammolar, balki iqtisodiy qiyinchiliklar, jumladan xorijiy sarmoyadorlar oldidagi yuqori qarzdorlik va energetika sohasini noto’g’ri boshqarish, xususan, G’arb matbuoti korrupsiya sabab bo’lgan.

 

Bitcoin qazib olish uchun 2000 mVt quvvatni ajratish Pokistonning umumiy o’rnatilgan quvvatining taxminan 4 foizni tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика