Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda Pokiston Qurolli kuchlari va Afg‘oniston Islom Amirligi qurolli bo‘linmalari o‘rtasida yuz bergan otishmalar oqibatida kamida 12 nafar Pokiston harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, to‘qnashuvlar Hilmand viloyatining chegara hududlarida boshlangan. Janglar bir necha soat davom etgan bo‘lib, tomonlar og‘ir qurollardan ham foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TOLO News Pokiston va Afg‘oniston kuchlari o‘rtasida nizo kuchaygani va chegara chizig‘i bo‘ylab harbiy faollik ortgani haqida ma’lum qilgan edi.
2024-yil davomida Pokistonda sodir etilgan terror hujumlarining qariyb 90 foizi Afg‘oniston bilan chegaradosh Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida qayd etilgan. Mazkur hududlarda etnik ozchilik — pushtunlar va balujlar huquqlarini himoya qilish shiori ostida faoliyat yurituvchi qurolli guruhlar Pokiston xavfsizlik kuchlari hamda tinch aholiga qarshi hujumlar uyushtirib kelmoqda.


