1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Portugaliyada jamoat joylarida yuzni yopib yurishni taqiqlandi

Qonun diniy yoki gender sabablarga ko‘ra yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarga nisbatan qo‘llanadi.

Portugaliyada jamoat joylarida yuzni yopib yurishni taqiqlandi

Portugaliya parlamenti jamoat joylarida diniy yoki gender sabablarga ko‘ra yuzni to‘liq berkituvchi kiyimlarni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu tashabbus o‘ta o‘ngchi “Chega” partiyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u asosan ba’zi musulmon ayollar kiyadigan burqa va niqob kiyimlariga qarshi qaratilgan, deb xabar beradi TheIns.ru.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, taqiq mamlakatdagi aksariyat jamoat joylariga tatbiq etiladi. Biroq, samolyotlar, diplomatik vakolatxonalar hamda diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar bundan mustasno bo‘ladi. Qoidani buzgan shaxslarga 200 dan 4000 yevrogacha miqdorda jarima qo‘llanadi.

 

Hujjat prezident Marselo Rebelo de Sousa tomonidan imzolangach kuchga kiradi. Davlat rahbari qonunni imzolash, veto qo‘yish yoki Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish uchun yuborish huquqiga ega. Agar hujjat tasdiqlansa, Portugaliya Avstriya, Fransiya, Belgiya va Gollandiya singari yuzni to‘liq yoki qisman yopishni taqiqlagan Yevropa mamlakatlari safiga qo‘shiladi.

 

“Chega” partiyasi vakillari bu tashabbusni Yevropa Ittifoqidagi boshqa davlatlar tajribasiga asoslaganini bildirgan. Ularning fikricha, yuzni yashirish insonlarni, xususan ayollarni, jamiyatdan ajratib qo‘yadi hamda tenglik va inson qadr-qimmatiga zid hisoblanadi. Shuningdek, Portugaliyada bu turdagi kiyimlar keng tarqalmagan bo‘lsa-da, masala Yevropada keskin ijtimoiy munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика