1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy politsiyasi xizmatiga robot-itlar kirib kelmoqda

Xanchjou shahrida sun’iy intellektli robot-itlar patrullik ishlariga jalb etildi.

Xitoy politsiyasi xizmatiga robot-itlar kirib kelmoqda

Xitoyning Xanchjou shahrida sun’iy intellekt asosida ishlovchi robot-itlar ko‘chalarda patrullik faoliyatini boshladi. Bu haqda “Global Times” nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, robot-itlar hozirda sinov jarayonidan o‘tkazilmoqda. Ular oy oxiridan boshlab mahalliy politsiya tarkibida doimiy xizmatga jalb etilishi rejalashtirilgan.

 

Sun’iy intellekt tizimi, yuqori aniqlikdagi kameralar va harakat sensori bilan jihozlangan ushbu robotlar atrof-muhitni mustaqil tahlil qilib, real vaqt rejimida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega.

 

Huquq-tartibot organlari robot-itlardan, xususan, taqiqlangan joylarda to‘xtagan transport vositalarini aniqlash, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni nazorat qilishda foydalanishni maqsad qilgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu loyiha Xitoyda xavfsizlikni ta’minlash tizimini avtomatlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика