AQShning barcha shtatida Donald Tramp siyosatiga qarshi “Qirol yo‘q” (No Kings) nomli guruh tashabbusi bilan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Namoyish ishtirokchilari hukumatning 1-oktabrdan beri davom etayotgan yopilishi hamda immigratsiya siyosatini tanqid qilib, Trampning boshqaruv uslubini avtoritarizmga moyillikda aybladilar.
Norozilik namoyishlari mamlakat bo‘ylab 2 700 dan ortiq joyda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar “Qirollarga o‘rin yo‘q”, “Demokratiyani saqlab qolamiz” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqishdi.
Vitse-prezident J.D. Vens esa Bluesky ijtimoiy tarmog‘ida Trampni monarx obrazida tasvirlagan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni e’lon qildi. Unda Tramp qirollik libosida, qo‘lida qilich tutgan holda ko‘rsatilgan, taniqli demokrat siyosatchilar esa uning oldida tiz cho‘kkan holatda tasvirlangan.
Tramp hukumat yopilishi va namoyishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi savolga javoban “Men qirol emasman” deya javob berdi hamda vaziyat uchun demokratlarni aybladi.
Senat federal hukumatni vaqtincha moliyalashtirish haqidagi qonun loyihasini o‘ninchi bor rad etgani sababli, hukumatning qisman yopilishi kamida 20-oktabrgacha davom etadi.


