Fransiyaning “PSJ” klubi darvozaboni Serxio Rikoning ahvoli tafsilotlari maʼlum bo‘ldi. Bu haqda "The Atletic" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yaqin kunlarda ispaniyalik darvozabon kasalxonadan chiqariladi, biroq uning faoliyatini davom ettirishi so‘roq ostida qolmoqda. Riko shifokorlar nazorati ostida uch oydan keyin uyiga qaytishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Riko otdan yiqilib kasalxonaga yotqizilgan edi. Olingan jarohatlar tufayli futbolchi bir muddat komada ham bo‘lgan. Avgust oyi boshida Riko yana bir operatsiyani o‘tkazdi.
O‘tgan mavsumda 29 yoshli darvozabon “PSJ” safida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi, doimiy ravishda parijliklar zaxirasida qoldi.


