1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Putin Erdog‘andan hol so‘radi

Ikki davlat yetakchilari telefonlashdi. Putinning matbuot kotibi suhbat tafsilotlarini ochiqladi.

Putin Erdog‘andan hol so‘radi

 

Avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada ishlab chiqarilgan yadro yoqilg‘isining "Akkuyu" AES 1 blokiga yetkazilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosim oldidan Rossiya va Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilishi haqida xabar bergandi.

 

“Biz Putin va Erdog‘an o‘rtasidagi telefon suhbatini kutmoqdamiz, shundan so‘ng Turkiya prezidenti Erdog‘an bilan Rossiyada ishlab chiqarilgan yadro yoqilg‘isini Rossiyaning 1-energoblokiga yetkazib berish munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimda (tadbir videokonferensiya orqali o‘tkaziladi) birgalikda ishtirok etadi”, — degandi Peskov.

 

Oradan ko‘p o‘tmay, Dmitriy Peskov ikki davlat yetakchilari suhbatlashgani va undagi asosiy bayonotlarni ochiqladi:

 

— Kreml Erdog‘anning sog‘lig‘i bilan bog‘liq “qiyinchiliklar”dan bexabar, ular Putin bilan mazmunli muloqot tayyorlamoqda;

 

— Putin va Si Szinpin o‘rtasidagi aloqalar yaqin kelajakda rejalashtirilmagan;

 

— Si Szinpin va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat Xitoy va Ukrainaning suveren ishi;

 

— Xitoy yetakchisi Moskvaga tashrifi chog‘ida Putin bilan Ukrainaning 1991 yilgi chegaralari doirasida hududiy yaxlitligini tiklash mavzusini muhokama qilmagan;

 

— Si Szinpin va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbatga kelsak, Rossiya Federatsiyasi Ukrainadagi mojaroning tugashini va maxsus operatsiya maqsadlariga erishishni yaqinlashtiradigan barcha narsani olqishlaydi;

 

— Rossiya diplomatlarining Yevropadan chiqarib yuborilishi javob choralarisiz qolishi mumkin emas. Ammo bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning tanazzulga uchrashiga sabab bo‘layotgan navbatdagi qadamdir. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика