1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq” dovonida turizm maskani barpo etiladi

Yangi loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi.

“Qamchiq” dovonida turizm maskani barpo etiladi

“Qamchiq” dovonining Namangan viloyatidan o‘tgan qismida zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi va uni Avstriyaning Doppelmayr/Garaventa guruhi amalga oshiradi.

 

Doppelmayr / Garaventa guruhi  — Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanatli yo‘llar (ropeways), gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi. Guruh turli texnologiyalar, sistemalar va xizmatlar bo‘yicha yetarlicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo bo‘ylab 96 ta mamlakatda 15,000 dan ortiq kanat yo‘llari loyihalashtirgan. 

 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Doppelmayr/Garaventa guruhi  vakillari – Joxannes Triyebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprin bilan uchrashuv o‘tkazgan.

 

O‘zaro muloqotda loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish obyektlari muhokama qilingan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri - "Aisha group" kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamalitdinov moliyalashtirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика