Maʼlum qilinishicha, YTH 14 iyul kuni soat 18:00 da Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lining 258,5 kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent — Vodiy yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, yuk mashinasi beton to‘siqqa urilgan va unda yong‘in kelib chiqqan.

FVB o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmasi tomonidan yong‘in o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan. Hozirda dovonda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.



