1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda qaynuka pochchasini o‘ldirib, ko‘mib yubormoqchi bo‘ldi

U jasadni qopga solib, qabristonga olib ketayotganda qo‘lga tushgan.

Samarqandda qaynuka pochchasini o‘ldirib, ko‘mib yubormoqchi bo‘ldi

Samarqand shahrida qaynuka pochchasini o‘ldirib, jasadini qopga solib, qabristonga olib ketayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqida “Mahalla” telekanalida xabar berildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 24 avgust kuni soat 05:30 atrofida “Navbog‘chiyon” va “Bo‘ston” mahallalari raislari hududni nazorat qilayotganda ikki shaxsning shubhali harakatlarini payqab, ularni kuzatgan. Erkak va ayol bolalar aravachasi yordamida qabriston tomon harakatlanayotgan, aravachada esa bola emas, yelim idishlar orasida yashirilgan jasad bo‘lgan.

 

Mahalla raislari darhol ichki ishlar organlariga xabar bergan. Tekshiruv davomida fuqaro pochchasini o‘ldirgani va jasadni yashirishga uringanligi maʼlum bo‘lgan.

 

“Baklajkaning tagida shubhali narsani ko‘rib qoldim. Orqasidan borib qaradim, fuqaro o‘zining pochchasini olib ketayotgan ekan. Keyin tezkor xabardor qilib, ularni ortga qaytardim”, deydi mahalla raisi

 

Ichki ishlar vazirligi mahalla raislari Adham Rahimov va Aʼzam Ostonqulovning hushyorligi va tezkorligi uchun ularni ko‘krak nishonlari bilan taqdirlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика