Qirg‘izistonning bir necha fuqarosi otlar yordamida kontrabanda yukni O‘zbekistonga olib kirishga harakat qilishgan. Davlat chegarasi chizig‘ida o‘zbek chegarachilari ularni sezib qolishgan. Hibsga olishga jarayonida chegara buzuvchilar harbiylarning to‘xtash va taslim bo‘lish buyrug‘iga bo‘ysunmagan, orada janjal, mushtlashuv kelib chiqqan.
"O‘z hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish maqsadida O‘zbekistonlik chegarachilari qurol ishlatishga majbur bo‘lishgan, natijada ikki fuqaro o‘qotar quroldan yarador bo‘lishgan va halok bo‘lishgan. Boshqa huquqbuzarlar Qirg‘iziston hududiga o‘tib, yashirinishga muvaffaq bo‘lishdi", — deya xabar beradi O‘zbekiston chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi rasmiy xabarda.
Bu fuqarolar O‘zbekistonda tug‘ilgan, Qirg‘izistonning fuqaroligiga 2012 yilda qabul qilinganligi keyinchalik maʼlum bo‘lgan.


