1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qurol yashirilgan o‘ra aniqlandi

Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qurol yashirilgan o‘ra aniqlandi

 

28 mart kuni qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qurol va o‘q-dorilar yashirib qo‘yilgan o‘ra aniqlandi, deya xabar qildi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati.

 

️Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida chegara otryadi xizmat vazifasini bajarish vaqtida chegaradan 600 metr masofada xizmat iti signal beradi. Chegarachilar vodoprovod lyukining ichiga yashirilgan, polietilen plyonkaga o‘ralgan holda arralangan 16 kalibrli ot miltig‘ini topishdi.

 

Qurol va o‘q-dorilar Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmasiga topshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика