1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda

Prezident farmoni bilan sohada 30 dan ortiq axborot tizimlari yagona integratsion platforma orqali birlashtiriladi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–130-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon qishloq xo‘jaligi jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va boshqaruvni optimallashtirishga qaratilgan.

 

Farmonning asosiy maqsadlariga ko‘ra, 4 million gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, sohada joriy etilgan 30 dan ortiq axborot tizimlarini yagona integratsion platforma orqali birlashtirish rejalashtirilgan. Bu esa ma’lumotlarning aniq va ishonchli bo‘lishini hamda foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishni ta’minlaydi.

 

2026-yil hosilidan boshlab barcha qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi — Agroportalga mustaqil ravishda joylashtirib boradi. Ushbu portal mahsulot yetishtiruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun yagona xizmat nuqtasi sifatida xizmat qiladi.

 

Farmonga muvofiq, qishloq xo‘jaligi jarayonlarida dronlar, robototexnika va boshqa zamonaviy qurilmalardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza topshirish, shartnomalarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Ular yordamida 30 metr balandlikkacha bo‘lgan uchish hududlari vakolatli idoralar bilan kelishilgan holda ruxsatnomalar asosida nazorat qilinadi.

 

Bundan tashqari, Agroportal orqali yangi xizmatlar ham yo‘lga qo‘yiladi. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab yerlarni ikkilamchi ijaraga berish, ijara shartnomasini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. 2026-yil 1-martdan esa qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar yuborish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarni olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика