Unda 20 dan ortiq mahalliy va xalqaro tashkilotlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi. Tadbirni xalqaro ko‘rgazmalarga ixtisoslashgan, 21 yillik tajribaga ega SOFUAR kompaniyasi tashkil etdi.
Unda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sifatli, hosildor yetishtirish uchun yordam beradigan o‘g‘itlar, kimyoviy dorilar, nasoslar va yana shu kabi jihoz va mahsulotlar namoyish qilindi.
"UZGROW TASHKENT" ko‘rgazmasining asosiy ishtirokchilari Turkiya kompaniyalari hisoblanadi.
Savdo sanoat palatsi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda ko‘plab qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan tashkilot, idora vakillari, mutaxasssislar va tadbirkorlar qatnashib, sohaga kerak bo‘ladigan qurilmalar bilan tanishdi hamda mahsulot egalari bilan shartnomalar imzolandi.
Ko‘rgazma doirasida Savdo sanoat palatasi raisi birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov investor va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ularning kelgusidagi maqsadlari haqida suhbatlashib, olib kelgan mahsulotlarining sifatini ko‘zdan kechirdi.
Eslatib o‘tamiz, “UZGROW TASHKENT” ko‘rgazmasi 6-noyabrgacha davom etadi. Qishloq xo‘jaligida kerak bo‘ladigan texnikalar namoyish qilinadigan yig‘inda tadbirkorlar ishtirok etishi, mutaxassislardan maslahatlar olishi, shuningdek, shartnoma imzolashi, mahsulotlarni xarid qilishi mumkin.
Olamgir Abdiyev


