1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘iston hokimiyatida endi faqat bilim va malaka inobatga olinadi

Prezident To‘qayev “oila klanidan voz kechish” siyosatini davom ettirishini bildirdi.

Qozog‘iston hokimiyatida endi faqat bilim va malaka inobatga olinadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat xizmatida rahbarlik lavozimlariga tayinlashda bilim va professionallikka ustuvorlik berilishi lozimligini taʼkidladi. U “oila yoki klan tizimi” endilikda hokimiyatda o‘rin tutmasligi kerakligini aytdi.

 

To‘qayevning bu fikrlari mamlakatda olib borilayotgan “Yangi Qozog‘iston” islohotlari doirasida yangradi. 2022 yilgi konstitutsion o‘zgarishlar natijasida prezidentning qarindoshlari yuqori davlat lavozimlariga tayinlanishiga taqiq qo‘yildi, shuningdek, davlat rahbarining siyosiy partiyalarga aʼzoligi cheklab qo‘yildi.

 

Shuningdek, davlat xizmatiga kadrlarni tanlashda “meritokratiya” — yaʼni, malaka, yutuq va raqobat tamoyillari asosida saralash tartibi kuchaytirildi. Bu, hukumat taʼbiricha, “oila-korporativ manfaatlardan xoli, professional boshqaruv tizimini” shakllantirishga qaratilgan.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur islohotlar Qozog‘iston siyosiy tizimida shaffoflik va adolatni kuchaytirish, shuningdek, fuqarolarning davlatga ishonchini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика