Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida ikki kishi Qrim-Kongo gemorragik isitmasi qurboni bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Kazinform” “Xabar 24” telekanaliga tayanib. Ma‘lumotlarga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on viloyatidan 77 va 51 yoshli fuqarolar kasallik belgilari bilan og`ir ahvolda kasalxonaga yotqzilgan. Oqibatda bemorlar reanimatsiyada vafot etgan.
Ma‘lum qilinishicha, 2023-yil boshidan buyon viloyat tibbiyot muassasalariga shomil chaqishi bo‘yicha 600 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan. Ulardan 23 nafari Kongo-Qrim gemorragik isitmasi shubhasi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shundan 8 ta holatda tashxis tasdiqlangan.
“Har bir holat qayd etilganda 12 soat ichida shaxsiy hududlar, chorva mollari va hayvonlar dezinfeksiya qilinadi. Barcha aloqada bo'lgan shaxslar 14 kun davomida shifokor nazorati ostida bo`lishi lozim", — dedi Qizilo‘rda viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aliya Abdiqaimova.


